Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kollej va texnikumlarga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023-2024 o‘quv yilida viloyatimizdagi 12 ta kollej va 21 ta texnikumga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha 11265 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

Respublika Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi qaroriga asosan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab So‘zangaron tibbiyot kolleji - So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga, Payariq tibbiyot kolleji - Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirildi.

Yangi o‘quv yilidan 12 ta kollejda, ya’ni Samarqand qurilish kolleji, Kattaqo‘rg‘on shahar, Bulung‘ur, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Oqdaryo, Past Darg‘om, Paxtachi, Toyloq, Urgut, Qo‘shrabot pedagogika kollejlarida 3 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha 720 ta o‘ringa dual ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi. Shuningdek, Samarqand temir yo‘l texnikumi, Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi, Jomboy agrotexnologiyalar texnikumlariga 23 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha 505 nafar talaba dual ta’lim shakliga qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori talablariga muvofiq kollej va texnikumlarga qabul jarayonlari har yili 10 -avgustdan 10-sentyabr kuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan 2023-yil 10-avgust kunidan boshlab kollej va texnikumlarga vazirlikning http://my.edu.uz/ platformasi orqali abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Otajon NOROV,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

viloyat hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.