“Zaxira” mablag‘lar nimaga sarflangan?
Hokimliklarning farmoyishlari asosida tegishli mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatdagi ijtimoiy soha muassasalariga 4,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Misol uchun, maktabgacha va maktab ta’limi sohasi uchun 3,4 milliard so‘m, (bular patronat oilalar farzandlari nafaqa va kiyim bosh to‘lovlari, ta’lim muassasalarini “Vatan” jurnaliga obunasi, Oqdaryo tumanidagi 9-maktab va 1-DMTTga 26 ta yangi isitish qozoni sotib olish kabilar) yo‘naltirilgan.
Madaniyat muassasalari uchun 1,2 milliard so‘m (Bulung‘ur tumani “Chavqi” folklor-etnografik xalq ansamblining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va kiyimlar jamlanmasi sotib olish uchun 200 million so‘m, Qo‘shrabot tumanidagi “Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosining Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy tadbirini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun 100,9 million so‘m) va sport ob’yektlari uchun 0,2 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
Viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.