Samarqanddagi “Muliyon” mahallasida tadbirkor nonni bepul tarqatyapti

 

“Samarkandskiy vestnik”ning yozishicha, mahalladoshlari undan minnatdor. 23 yoshli Samar tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi, sexida non mahsulotlari tayyorlaydi.

O‘zidan boshqani o‘ylamaydigan va boshqalarga beg‘araz yordam berishni istamaydigan odamlar menga yoqmaydi”, deydi Samar. “Savob qilganda insonning o‘zi o‘zgaradi, u yanada yaxshi odamga aylanadi. Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerakmas, har bir kishi boshqaga ko‘maklashib dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin. Buning turli amallari bor. Masalan, binodan chiqayotganda kimgadir eshikni ochib berish, do‘kondagi navbatda kimnidir oldinga o‘tkazib yuborish, do‘stga sovg‘a yo‘llash, avtobus yoki tramvayda joy berish mumkin va hokazo. Menimcha, boshqalarga yordam berganda, hayot yanada yaxshilanadi”.