Bosh miya arteriya qon tomir teshilishidan azob chekayotgan Anvar Ibragimov ko‘makka muhtoj

Bulung‘ur tumani Gulobod mahallasida istiqomat qiluvchi Ibragimov Anvar Zokirovich bugun yaxshilar ko‘magiga muhtoj.

U 1988 yilda tug‘ilgan. Oilali, 1 nafar farzandi bor. Oilada yolg‘iz boquvchi. Bolalikdan II guruh nogironi.

Og‘ir mehnat natijasida 2020 yildan ahvoli yanada og‘irlashdi. Respublika ixtisoslashgan nevroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi hamda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining akademik N.Burdenko nomidagi milliy neyroxirurgiya tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, unga bosh miya arteriya qon tomir teshilishi tashxisi qo‘yilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu operatsiya uchun zaruriy jihozlar xorijdan keltiriladi. Operatsiya narxi (O‘zbekiston sharoitida) taxminan 15 ming AQSh dollari atrofida bo‘lishi aytilmoqda. A.Ibragimov ushbu mablag‘ni topish uchun oilasi yashab turgan uyini ham sotuvga qo‘ygan.
Hurmatli yurtdoshlar! Bir oila uyini sotib, ko‘chada qolishiga yoki yo‘qchilik sabab davolana olmasdan boquvchisiz qolishiga befarq qarab turmaylik! Imkoniyati bor insonlar savob uchun yordam qilaylik!

Homiylik yordami uchun:
Humo: 9860 0303 2353 6414 (Ibragimov Anvar)
Sberbank: 5336 6902 7069 9475 (Ibragimov Anvar)
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: + 998 99 770 11 88 (Ibragimov Anvar).