“Eng bilimdon o‘quvchi” kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

Samarqand tumanida yoshlarda tashabbuskorlik va erkin fikrlash, jamiyat hayotida faol ishtirok etish hissini shakllantirish, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan “Eng bilimdon o‘quvchi” kitobxonlik ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar hamda mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlar ishtirokida o‘tkazildi. Unda o‘zbek va jahon adabiyotidan tuzilgan test savollariga javob izlandi. Testda har bir ta’lim muassasasidan eng yuqori ball olgan 3 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilib, tuman kengashi tomonidan diplom, kitob va jurnallar bilan taqdirlandi.

M.BARATOVA.