Nogiron o‘quvchilarga o‘quv qurollari tuhfa qilindi

Urgut tumanida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirga tumandagi 155 nafar nogiron o‘quvchilar jalb etilib, ularga hokimlikning bayram sovg‘asi - o‘quv qurollari topshirildi. Shuningdek, tumandagi Do‘stlik MFY hududidagi “Bog‘i Farishta” bazmgohida 200 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bayram dasturxoni tashkil etilib, 15 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironlik aravachasi, 10 nafari eshitish apparati, 10 nafari qultiq tayoq, 10 nafari hassa bilan ta’minlandi.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.