O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi

Taniqli kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘ziga xos betakror iste’dod sohibasi Gulbahor Yo‘ldosheva olamdan o‘tdi. Gulbahor Yo‘ldosheva ayni kunlarda kinorejissyor ham aktyor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan «Qo‘qon shamoli» badiiy filmida band edilar», - deb yozadi jurnalist.