Sho‘rtepaliklar muammosi yechimsiz qolmaydi

Viloyat prokurori R.Masharipov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari B.Parpiyev, viloyat va tuman tashkilot rahbarlari ishtirokida Payariq tumani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir hudud hisoblangan Sho‘rtepa mahallasini “Obod qishloq”ga aylantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirish lozim bo‘lgan keng qamrovli obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.
Xususan, hozirgi kunga qadar mahallaga 35 ta greyder va boshqa texnikalar jalb qilinib, 50 ta stolbalar o‘rnatish uchun olib kelingan. Mahalla fuqarolariga 83 ta gaz balloni, 35 tonna ko‘mir, 10 tonna ohak tarqatilib, 11 kilometr ichki yo‘llarga tosh to‘kilgan.
Fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 74 fuqaro davolanishi ta’minlangan. Fuqarolik pasporti bo‘lmagan 3 fuqaroga pasport olib berilgan.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan 41 fuqaroga tegishli hujjatlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatilib, ularga 5 ta tikuv mashina, 5 ta duxovka, 5 ta payvandlash apparati tarqatildi.
Yoshlarning 8 nafariga “Samarkand cotton cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli yer maydonidan 25 sotixdan yer berildi. Ushbu jarayonlar davom etmoqda.
Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmati.