Xorijlik harbiylar Samarqandni ziyorat qildi
- 30.07.2019 09:45
- 186
- Samarqand

28 iyul kuni Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligining “Forish” tog‘ poligoniga kelgan xorijlik harbiy delegatsiya vakillari Samarqand shahrini ziyorat qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Myanma hamda Vetnamdan kelgan mehmonlar dastlab Registon ansamblidan o‘rin olgan me’moriy majmualar bilan tanishdi. Shundan so‘ng ular Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim madrasasini ziyorat qildilar.
Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Go‘ri Amir maqbaralarida bo‘lgan mehmonlar hayratda qoldi.
Sayohat yakunida tanovul qilingan samarqandcha palov mazasi mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Teglar:
harbiylar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ko‘zlarimga yosh keldi
- Bugun, 08:51
- Ta’lim
Buni ko‘rib qanday kulmaslik mumkin?
- Kecha, 19:50
- O'qing, qiziq!
Sohil bo‘yidagi ona
- Kecha, 19:47
- Mutolaa
O‘zbekning ovoziga e’tirof bu
- Kecha, 15:09
- Jamiyat