Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda qarindoshlar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Joriy yilning 26 avgust kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 37 yoshli Sh.B. mast holda uyi hovlisida shu mahallada yashovchi 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashayotganida, ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan.

Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.