Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yer ajratilganligi to‘g‘risidagi qarorlar elektron ko‘rinishga keltiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Mazkur qaror bo‘yicha viloyatimizda bajariladigan vazifalar ijrosi mutaxassislar tomonidan muhokama etildi.

Qarorga ko‘ra, mahalliy hokimliklar tomonidan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun rasman kuchga kirgan vaqtdan (1993 yil 18 sentyabrdan) 2020 yil 1 martga qadar qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risidagi o‘z kuchida bo‘lgan qarorlar 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron - «E-qaror» elektron tizimini 2021 yil 1 yanvarga qadar sinov tariqasida ishga tushiradi.