Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokimlar, boshqaruv organlari rahbarlari onlayn-brifing o‘tkazadi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosi bo‘yicha viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, viloyatdagi boshqaruv organlari rahbarlarining onlayn-brifinglar o‘tkazish bo‘yicha 2020 yil iyun-avgust oylariga mo‘ljallangan media-rejasini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, 4 iyun kuni

soat 15.00 da viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi;

soat 16.00 da viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbarlari ishtirokida onlayn-brifing o‘tkazish belgilangan.

5 iyun kuni

soat 10.00 da Samarqand tumani

soat 11.00 da Toyloq tumani hokimlari ishtirokida shunday brifing o‘tkaziladi.

Onlayn-brifinglar har bir hokimlik va boshqaruv organlari binosida o‘tkaziladi va ularning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali keng ommaga havola etiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 26 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tuman, shahar, viloyat hokimlari, vazirlar har oyda bir marta Prezident qarorlari ijrosi bo‘yicha brifing o‘tkazib, ommaviy axborot vositalari, parlament vakillari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borishini aytgan edi.