Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpaylik 200 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Narpay tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning Xo‘jakarzon mahallasida sayyor tadbir o‘tkazildi.

Unda hududdagi Birlik, Charxin hamda Sohibkor mahallalarining 200 dan ortiq fuqarolariga davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jumladan, 2 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 30 nafardan ortiq fuqaroga soliq to‘lash uchun identifikatsion raqam (STIR) berildi. Elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha 2 ta, ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida 10 ta, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylash borasida 4 ta, uy-joy bo‘yicha 2 ta, pensiya jamg‘armasi hisob-raqamini ochish bo‘yicha 21 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarning 40 dan ziyod sohaga va boshqa masalalariga doir huquqiy maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.