Nurobod tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nurobod tumani hokimining 2019 yil 15 oktyabrdagi farmoyishiga asosan Mahammadiyeva Gulmira Abdullayevna tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Gulmira Mahammadiyeva 1984 yilda Samarqand viloyati, Nurobod tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida tuman hokimligida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Shu kunga qadar Nurobod tumani hokimligi devonxona bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.