Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ruhiy kasalxonada o‘zini oynadan tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro tutib qolindi

Amudaryodagi psixiatr qabuliga kelgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida profilaktika inspektorlari tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Amudaryo tumanida psixiatr qabuliga kelgan, yoshi taxminan 40-45 larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. Ushbu holat aks etgan videotasvir esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan.

Voqea 16 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda yuz bergan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Qilichboy ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘igani sababli o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori chaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E.ning o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchi bo‘layotgani, baqir-chaqir qilayotgani holatiga guvoh bo‘lgan. Inspektor fuqaroni tinchlantirib, uning qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan.

Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida poliklinika derazasini oshib o‘tib, pastga sakramoqchi bo‘lgan.

Profilaktika inspektorlari tezkorlik bilan fuqaroni ushlab qolishgan va shu kunning o‘zidayoq Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.