Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida rasman xabar berildi

Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasman xabar berdi.

2019 yil 16 may kuni soat 09:30 larda haydovchi Payariq tumani Bobur mahallasida yashovchi Orif Axmatov boshqaruvida bo‘lgan “Midibus” rusumli 30 324 VAA davlat belgili avtobus Ma’rifat ko‘chasi tomondan Imom Al-Buxoriy ko‘chasi tomonga boshqarib borayotgan vaqtida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Jahongir Xolbekov boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Spark” haydovchisi J.Xolbekov chap umrov suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobus yo‘lovchilari – Zarifa Ergasheva o‘ng qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi, Mahbuba Qodirova esa chap umrov suyagining sinishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.