Samarqand shahrida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi hamda olimpiya zaxiralari sport majmualari binolarida 2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2019 yil 12 iyul kuni soat 6.00 dan 12.00 gacha Samarqand shahridagi Rudakiy ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashgan qismidan Dahbet ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Bu haqda Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi.