Samarqandda xalqaro anjumanga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Shu yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkaziladi.
Mazkur anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Samarqand shahridagi hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan yirik alloma Imom Abu Mansur Moturidiy maqbarasi va mazkur majmua atrofida obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.