Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDTI talabalari 26-umumrossiya xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi

24-27 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Ryazan davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan “Bolalar xirurgiyasi va anesteziologiyasi dolzarb muammolari” mavzusidagi 26-umumrossiya (59-Umumittifoq) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari ham munosib ishtirok etdi.

Anjumanda 60 dan ortiq oliy tibbiyot muassasalarining 200 nafar talabasi turli yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdi. Unda faol ishtirok etgan SamDTIning 8 nafar talabasi turli darajadagi diplomlar hamda institutning talabalar ilmiy jamiyati oltin medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Ryazan davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Unga ko‘ra Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Ryazanda o‘z malakalarini oshirishlari, shu bilan birga talabalar ham akademik mobillik asosida yangi bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Yaxshinor ALLAYoROV.