Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport xabarlari

O‘zbek jang san’ati
Samarqand shahridagi sport yakka kurashlariga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘zbek jang san’ati sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 28 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan rangli va qora belbog‘ sohiblari o‘zaro bellashdi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan 250 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida Samarqand shahri jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Urgut va Samarqand tumani sportchilari 2 va 3-o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Jamil YuSUPOV.

Basketbol
Samarqand shahrida basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududidan kelgan jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Yakunda viloyatimiz basketbolchilari 1-o‘rinni egalladi. Toshkent shahri jamoasiga ikkinchi va Xorazm viloyati jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Gandbol
Samarqand shahridagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisosilashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida ganbol bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Bulung‘ur tumani qizlar jamoasi va Paxtachi tumanining o‘g‘il bolalar jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Sport akrobatikasi
Toshkent shahrida sport akrobatikasi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada qatnashgan 200 nafardon ortiq akrobatlar orasidan samarqandlik F.Fayziyev, Z.Abdusalomov, M.Meliyev hamda X.Isomatov juftligi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.


Shuningdek, viloyatimiz vakillaridan Sh.Jumayeva, P.Jumayeva, D.Tursunova, S.Qurbonova, X.Temirova, Sh.Jumaqulov, D.Kamoliddinov, Sh.Suvonov, D.Xafizovlar ikkinchi va uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Bekzod AHMEDOV.