Tikuv mashinkasini ham qizi salomatligi uchun sotgan ona yordamga muhtoj

Paxtachi tumanining To‘g‘aloy mahallasida yashovchi ona Mahbuba Rustamova to‘ng‘ich qizi – Kumush Bekpo‘latovaning ahvolidan xavotirda. Gap shundaki, Kumush tug‘ma yurak porogi bilan tug‘ilgan. Tezkor operatsiya ishlari amalga oshirilmasa, uning ahvoli og‘irlashishi mumkin.

Mahbuba Rustamovaning oilasida ikki nafar qiz voyaga yetmoqda. Turmush o‘rtog‘i mardikorlik qilib ro‘zg‘orini tebratsa, Mahbuba tirikchiligi uchun ishlatib turgan tikuv mashinkasini qizini davolatish uchun sotishiga to‘g‘ri keldi. Ayni paytda oila Kumushoyning operatsiyasi uchun 30 million so‘mga juda muhtoj. Bu mablag‘ faqat yurakka qo‘yiladigan asbob uchun zarur, operatsiyaning o‘zi esa bepul amalga oshiriladi.

Saxovatli yurtdoshlarimiz Navro‘z - saxovat, oqibat bayrami kunlarida bu oiladan himmatini ayamasa, qizaloqning o‘z vaqtida davolanib, bir oilaning dardsiz, g‘ussasiz yashashiga xizmat qilgan bo‘lardi.

Shu ezgu maqsadda bankdan Kumushoyning onasi Mahbuba Rustamova nomiga plastik kartochka ochildi.

🔖 Uning raqami - 8600 0423 1077 6140.
Imkoniyatingizga qarab, himmatingizni ayamang!