Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Un va un mahsulotlari narxi oshmasligi, ehtiyojga asosan sotilish nazoratda

Mamlakatimizda pandemiya sharoitida aholini birlamchi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishga davlat darajasida e’tibor qaratib kelingan. Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida yuzaga kelgan vaziyatda, ayniqsa, bu masala alohida nazoratga olinib, tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

Xususan, respublikaning barcha hududlariga bir maromda un yetkazib berish maqsadida mahsulotni birja savdolarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinishi bo‘yicha vaqtinchalik tartib o‘rnatilgan.

Bunda viloyat hokimligi ajratilgan un hajmlarini aholi iste’moliga, qolipli non ishlab chiqarish maqsadlariga, ijtimoiy ta’minot muassasalari etiyojlariga, qayta ishlash korxonalari va makaron ishlab chiqarish sexlariga ajratiladigan miqdorni tymanlar va shaharlar kesimida aniqlagan.

Un mahsulotlarini yetkazib berishda qatnashuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining dislokatsiyasi tuman, shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlandi. Mahsulotning talon-tarojsiz yetkazib berilishi, belgilangan narxlarda sotilishining nazorati davlat soliq xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirilgan.

Viloyatimizda ham bu borada bir qator amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi  boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda un mahsulotlarini aholiga sotish uchun savdo do‘konlariga va ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishini nazoratini ta’minlanmoqda.

Xususan, viloyatda mavjud 4 ta un ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan un mahsulotlari 434 ta savdo nuqtalariga, 288 ta qolipli non va 60 ta makaron mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Qayd etish lozimki, Narpay, Jomboy va Past Darg‘om tumanlari hamda Samarqand shahridagi un ishlab chiqarish korxonalari sutkasiga o‘rtacha 630 tonnadan ko‘proq un ishlab chiqarmoqda.

O‘zbekiston Respublikssi Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralarning nazorati ostida vaqtinchalik tartib o‘rnatilgandan buyon 50 ming 855,7 tonna un mahsulotlari iste’molchilarga maqbul narxlarda yetkazib berilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati.