Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat sudlari raislari tomonidan Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi

Samarqand viloyat sudlari raislari tomonidan 2019 yil 16 avgust kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy tuman Xalq qabulxonalarida tadbirkorlik sub’yektlari, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabul hamda davra suhbati o‘tkazilib, mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlar mazmun mohiyati tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda 28 nafar tadbirkorlar va fuqarolar qabul qilinib, murojaatlarning 20 tasi sudga, 2 ta tuman hokimiyatiga, 2 ta Majburiy ijro byurosiga, 2 ta bankdan kredit olish bo‘yicha, 1 ta IIBga va 1 ta mehnat bandligiga oid murojaatlarni tashkil etdi.

Sayyor qabullarda 10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 10 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berildi, 2 nafar fuqaroga tuman hokimiyatiga, 2 nafar fuqaroga Majburiy ijro byurosiga, 2 nafar fuqaroga kredit olish bo‘yicha bankga, 1 nafar fuqaroga tuman IIBga va 1 nafar fuqaroga mehnat bandligi bo‘limiga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Shu bilan birga, tuman sudlari tomonidan sayyor sudlarda 21 nafar mahkumga, shundan 6 nafar ayollarga oid ishlar ko‘rilib, ushbu mahkumlar jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilindi. 30 nafar shaxslar tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi.