Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xotinini zanjirband qilib qo‘ygan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“O‘z uyida ayol zanjirband qilib qo‘yilgan” izoh bilan tarqatilgan video xabar yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Murojaat mazmuniga ko‘ra, A.T. 2019 yilning 23-26 sentyabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.

Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish maqsadida, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizaning 2019 yil 30 sentyabr kunidagi ma’lumotnomasida, D.T.ning jarohatlari, og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ining qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.