Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida Rossiya prezidenti hibsga olinadimi? JAR rasmiylari munosabatini bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammitiga kelgan taqdirda, Xalqaro jinoiy sudning hibsga olish haqidagi buyrug‘i ijro etilishidan qochish uchun Janubiy Afrika hukumati “barcha variantlarni” ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg mamlakat TIVning ismi oshkor etilmagan ikki xodimiga tayanib yozmoqda.
Nashr suhbatdoshlari Janubiy Afrika hukumati har qanday davlat rahbarini hibsga olish ssenariysini dargumon deb atadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, advokatlar bilan maslahatlashilmoqda. Tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor davlat televideniyesida hukumat endi “yangilangan huquqiy xulosani kutayotganini” aytdi.
Avvalroq Janubiy Afrika hukumati Putinning ehtimoliy tashrifi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.
BRIKS sammiti avgust oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Putinni hibsga olish uchun order berilganidan keyin uning u yerga borish-bormasligi haqida Kreml hali qaror qabul qilinmaganini aytgan.
2015 yilda Janubiy Afrikaga Sudan prezidenti Umar al-Bashir tashrif buyurgan, uning hibsga olinishi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan chiqarilgan edi. Ammo u Janubiy Afrikani to‘siqsiz tark etgan.
G.Xoldorova tayyorladi.