Afg‘onistonda terroristik hujum uyushtirildi
- 03.05.2021 13:48
- 65
- Xorij
Afg‘onistonning Logar viloyatining ma’muriy markazi – Puli-Alam shahrida bomba yuklangan avtomashinaning portlashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 90 dan ortiq kishi turli darajada jarohat oldi. Ba’zi yaradorlarning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, ular tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Qobulga yetkazilgan.
Portlash bir necha o‘nlab odamlar bo‘lgan turar joy yaqinida sodir bo‘lgan.
1 may kuni ham Bagram aviabazasida portlash oqibatida ikki askar halok bo‘lgan edi. Shuningdek, tolibonlar G‘azna shahridagi nazorat punktiga hujum qilishgach, kamida 30 afg‘on askari g‘oyib bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Munosabat o‘rnida
- Kecha, 18:53
- Samarqand
Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- Kecha, 15:10
- Samarqand
Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi
- Kecha, 14:19
- Xorij