"Bu jahon urushi emas, qiyomat kuni bo‘ladi": AQSh, Rossiya va Xitoy ishtirokida jahon urushi ehtimoli baholandi

Yaqin kelajakda Qo‘shma Shtatlar va Xitoy yoki AQSh va Rossiya o‘rtasida urush bo‘lishi reallikdan uzoq. Ushbu derjavalar ishtirokidagi urush ehtimoli Upsal universiteti professori Ashok Sueyn tomonidan baholandi.

Siyosatshunos so‘nggi yigirma yil ichida bunday urushga undash Amerika qudratini sezilarli darajada zaiflashtirgani, AQSh Afg‘onistondagi dahshatli mag‘lubiyatdan saboq olmaganini, ta’kidladi.

Sueynning fikricha, na AQSh, na Rossiya va na Xitoy sezilarli darajada ustun bo‘ladigan harbiy salohiyatga ega emas. “Liderlar ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ikkala mamlakat, hatto butun dunyo uchun nihoyatda halokatli bo‘lishini juda yaxshi tushunadi”, deya ta’kidlaydi professor.

«Bu derjavalar hozir sodir bo‘layotgani kabi bir-biriga qarshi kiberhujumlarni amalga oshirishda davom etadi. Biroq, ular ommaviy emas, balki cheklangan bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori ehtimollik bilan Vashington va Moskva, Vashington va Pekin o‘rtasidagi qarama-qarshilik savdo hamda diplomatiya sohasida kuchaysa kuchayadiki, ammo urush u yoqda tursin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroga ham olib kelmaydi.

Agar ular bir-biriga qarshi urush boshlasa, uchinchi jahon urushi emas, balki qiyomat urushi bo‘lishini nafaqat siyosiy yetakchilar, balki ularning harbiy rahbarlari ham juda yaxshi tushunadi».

Avvalroq xavfsizlik bo‘yicha ekspert Endryu Mishta «The Wall Street Journal»da yaqin besh yil ichida jahon urushi boshlanishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

Harbiy ekspertning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida alangali fazaga aylanishi mumkin bo‘lgan mojaro xavfi ancha oshgan. Misol uchun, bu Tayvanga egalik qilish bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli boshlanishi mumkin.