Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Gaz balloni qanday töldiriladi, xonadonga qanday yetib boradi? Samarqandda taʼminot jarayoni qanday işlayapti?

Viloyat Matbuot uyida «Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali hamda «Hududgaztaʼminot» AJ tasarrufidagi «LPG TRADE» MÇJ Samarqand filiali masʼullari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda viloyatda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼyektlari hamda boşqa isteʼmolçilarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş, maişiy gaz ballonlari zaxirasini şakllantiriş, ularni öz vaqtida yetkazib beriş, texnik holatini nazorat qiliş va sohada raqamli texnologiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

«Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali direktorining birinçi örinbosari Yusuf Daminovning taʼkidlaşiça, bugungi kunda Samarqand viloyatidagi 763 ta mahallada jami 545 ming 300 nafar isteʼmolçi suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. Ularning tarkibida 423 ta ijtimoiy soha obʼyekti (maktabgaça taʼlim taşkilotlari), 2 ta harbiy qism hamda 1 ta çegara qöşinlari obʼyekti mavjud.

Şu yilning yanvar–noyabr oylarida viloyat isteʼmolçilariga jami 64 ming 717,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Viloyat böyiça maişiy gaz ballonlari soni 604 ming 888 donani taşkil etadi. Şundan 567 ming 656 donasi ijara şartnomasi asosida aholiga berilgan, 26 ming 156 donasi fuqarolarning şaxsiy ballonlari, 11 ming 76 donasi esa maxsus avtomaşinalarda foydalaniladigan aylanma taralar hisoblanadi. Şuningdek, 2026 yilning yanvar–noyabr oylarida isteʼmolçilarga 1100 dona yangi maişiy gaz balloni yetkazib berildi.

- Isteʼmolçilarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş maqsadida işlab çiqariş zavodlaridan mahsulot taşib keliş uçun 15 ta maxsus avtotsisterna xizmat körsatmoqda, - deydi «Hududgaztaʼminot» AJ tasarrufidagi «LPG TRADE» MÇJ Samarqand filiali direktori Jasur Avazov. - Gazni isteʼmolçilarga yetkazib beriş jarayonida esa 130 ta maxsus avtomaşina jalb qilingan. Xizmat körsatiş jarayonida şaffoflikni taʼminlaş, transport vositalari harakatini nazorat qiliş va yetkazib beriş sifatini oşiriş maqsadida barça maxsus avtomaşinalar GPS qurilmalari hamda videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Ayni paytda viloyat aholisiga ajratilgan suyultirilgan gaz fondi 13 ta gaz töldiriş inşooti orqali maişiy gaz ballonlariga töldirilib, isteʼmolçilarga yetkazib berilmoqda. Uşbu infratuzilmaning 1 tasi gaz töldiriş stansiyasi, 5 tasi filial tasarrufidagi gaz töldiriş inşootlari va 7 tasi şartnoma (autsorsing) asosida faoliyat yuritayotgan xususiy gaz töldiriş inşootlaridan iborat. Aholi xonadonlarida foydalanilayotgan maişiy gaz ballonlarining xavfsizligini taʼminlaş, ularni taʼmirlaş va belgilangan tartibda sinovdan ötkaziş maqsadida filial tasarrufidagi 6 ta maxsus sex faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga köra, 84 ming 14 dona maişiy gaz balloni taʼmirlangan. Şundan 56 ming 70 donasining ventillari (jömraklari) yangisiga almaştirilgan.

Matbuot anjumanda «Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali tomonidan isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş Face ID asosida raqamlaştirilgani aytildi. Mazkur tizim orqali gaz ballonlarini isteʼmolçilarga topşiriş jarayonida ularning şaxsi yuzni identifikatsiya qiliş texnologiyasi asosida tasdiqlanadi. Bunda «Hududgaztaʼminot» AJning «E-gaz» dasturi içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

Tadbirda yangi tartibga köra, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyiş uçun maʼmuriy javobgarlik belgilangani va mazkur huquqiy norma 2027 yil 5 fevraldan boşlab kuçga kirişi maʼlum qilindi. Ayni paytda maişiy gaz ballonlarini töldiriş xizmati aholi uçun çeklanmagan.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan sohadagi mavjud masalalar, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş, maişiy gaz ballonlarining texnik holati va raqamli tizimning işlaş tartibi yuzasidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan atrofliça javoblar qaytarildi.