Insholar tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning maktab, tuman (shahar) bosqichlarida viloyatdagi 1236 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 13 ming 700 nafardan ortiq 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Viloyat bosqichi yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rin Samarqand shahridagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xadicha Amonovaga, 2-o‘rin Toyloq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Farangiz Bozorovaga,  3-o‘rin Jomboy tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dinora Abdujalilovaga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari viloyat hokimligining noutbuk, planshet, telefon hamda badiiy kitoblar jamlanmasi va diplomlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ushbu o‘quvchilarning o‘qituvchilari ham munosib rag‘batlantirildi.

D.ABDURAHMONOVA.