Jizzaxda 34 yoshli ayol o‘z uyida pichoqlandi
Joriy yilning 10 iyun kuni Jizzax shahrining Sh.Rashidov tumanida noxush voqea yuz berdi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Sh.Rashidov tumanida yashovchi 26 yoshli O‘.M tanishi muqaddam sudlangan 34 yoshli M.K. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal tufayli unga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada M.K. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.M qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.