“Plastik ifloslanishiga qarshi kurashing!”: Samarqandda plalking aksiyasi o‘tkazilmoqda

Ekologiya sohasi xodimlari hamda ekofaollar ishtirokida viloyatning barcha shahar, tumanlari hududdan o‘tuvchi markaziy ma mahalliy yo‘l bo‘ylarida chiqindi yig‘ish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Ko‘ngillilar, aksiya qatnashchilari hududlarda tashlab ketilgan har xil turdagi polietilen chiqindilari, temir hamda shisha idishlari kabi chiqindilarni maxsus qoplarga yig‘ib borishmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilarga plastik idishlardan kamroq foydalanishni targ‘ib qilish bilan birga ekologik sof mahsulotlardan tayyorlangan, inson salomatligi uchun bezarar bo‘lgan, kunlik xo‘jalik yumushlarida foydalanish mumkin bo‘lgan xaltalar tarqatilmoqda, deyiladi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyati boshqarmasi xabarida.