Samarqandga Nobel mukofoti sovrindori keldi

Universitet olimlari, tadqiqotchi yoshlar ishtirok etgan tadbirda ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiluvchi fikrlar, fundamental loyihalar va g‘oyalar, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari xususida so‘z yuritildi.

Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi dunyo tamadduniga hissa qo‘shgan buyuk allomalarning aynan O‘zbekiston zaminida kamolga yetgani xususidagi ma’lumotlarga Amerikada ham, Yevropa mamlakatlarida ham yetarlicha ma’lumotga ega emaslar, – dedi Aziz Sanjar. – Hatto turkiy xalqlardan chiqqan yuzlab olimlar, jahon ilm-fani taraqqiyotini sezilarli darajada ta’minlagan mutafakkirlar yetishib chiqqani haqida to‘liq tasavvur yo‘q. Bu nimadan dalolat beradi? Avvalo, turkiy elatlarda ajdodlari davridagi kabi ilmga e’tiborning pastligi, fundamental tadqiqotlarga moliyaviy ko‘mak berilmayotganidadir.

O‘zimdan misol, doktorlik ishimni boshlaganimda "rekobin DNK" sohasi yangi edi va bu bilan faqat Stenford universitetida shug‘ullanishardi. Rekobin DNK biokimyoviy usul bo‘lib, uning yordamida yangi DNK molekulalari, ya’ni ko‘plab biomateriallar hosil qilish mumkin. Ilmiy rahbarim oldiga borib, shu metodni DNK tiklanishida qo‘llashni xohlashimni aytdim. Rahbarim "Muallif yaxshi olim emas", "Bunday ishni faqat Stenfordda qilishing mumkin", "Sen yangi talabasan, bunday ishni qila olmaysan", demadi. Shunchaki "Bo‘ldi, boshlayver!", dedi. Tajribalarim uchun Amerikaning tegishli tashkilotlari million dollar mablag‘ ajratdi. Shundan keyin g‘oyamni amalga oshirdim va Stenforddagi metoddan birinchilardan bo‘­lib foydalandim.

Olim mamlakatning ilmga chanqoq yoshlarini yangi g‘oyalar sari ilhomlantirish uchun kelganini ta’kidlar ekan, davlatning ilm-fansiz raqobatbardosh bo‘la olmasligi, aniq va tabiiy fanlarga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etdi. Bu borada o‘zining bir qator takliflarini bildirdi.

 

Abdug‘ofur ShERXOLOV.