Shahram G‘iyosov professional boksdagi 15-g‘alabasiga erishdi
- 25.02.2024 10:36
- 50
- Sport
AQShning Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi.
Unda yarim o‘rta vaznda (–66,6 kg) toifasida professional bokschimiz Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Sezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raundlik jang 11-raundda muddatidan oldin yakunlandi, meksikalik bokschi Sezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi.
Bu o‘zbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi, shundan to‘qqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Shu tariqa, G‘iyosov yarim yengil (–66,67 kg) vazn toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ekoaksiya: “Bir gumbaz ostidamiz”
- Bugun, 11:14
- Qishloq xo'jaligi
Kelajak kasblari — bugun kasbiy ta’limda
- Bugun, 11:11
- Jamiyat
Imkoniyat bo‘la turib qarzdan qochish yechim emas
- Bugun, 10:38
- Jamiyat