Yuk avtomashinasida yashirilgan 7 ming AQSh dollari chegarada ushlandi

Bojxona organlari tomonidan valyuta boyliklarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan chet el valyutasini yuk avtomashina haydovchilari orqali olib chiqish holati aniqlandi.
Hususan, mazkur post orqali qo‘shni davlatga o‘zining “Volvo” rusumli yuk avtomashinasida chiqib ketayotgan fuqaro M.Sh. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, yuk avtomashina kabinasidagi qora rangli sumkada hujjatlar orasiga 7000 AQSh dollari yashirilgani fosh bo‘ldi.
Aniqlanishicha, mazkur pullar ushbu shaxsning tanishi M ismli shaxsga tegishli bo‘lib, uning iltimosiga binoan chegaradan olib o‘tib bermoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.