Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda turistlarga elektromobillar ijaraga beriladi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirishga mas’ul o‘rinbosari R.Qobilov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Ijaraga beriladigan "Volkswagen" va "Mersedes-Benz" elektromobillarida wi-fi orqali internet ham uzatiladi.

Chet tillardan tarjimon va gid xizmati talabga ko‘ra ajratiladi.

Mazkur xizmat tajriba sifatida Samarqand xalqaro aeroportida 10 iyundan ish boshlaydi, deb yozmoqda R.Qobilov.