Gibrid avtomobillarga alohida farqlovchi davlat raqami beriladi

Hukumat qarori bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra:

➖elektromobillarga beriladigan alohida farqlovchi davlat raqami belgilari gibrid avtomobillarga ham beriladi;

➖yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi;

➖YHXDX organlarida ro‘yxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartiriladi.