Samarqandda elektrmototsikllar ishlab chiqariladi
- 08.01.2021 12:15
- 169
- Samarqand
Bu Investitsiya dasturida belgilangan. Unga ko‘ra, Samarqanddagi «ELXOLDING» korxonasida elektr dvigatelli yuk mototsikllarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Buning uchun 0,7 million dollar yoki 7,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Natijada joriy yilda 500 ta elektr dvigatelli yuk mototsikllari bozorga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur korxona hozirda 200 sm/kub dvigalli uch g‘ildirakli "ELDOSH EL-200” rusumli mototsikllarini ishlab chiqaradi. Bunday mototsiklni 20-21 million so‘mga sotib olish mumkin. Elektr dvigatelli mototsikllarning narxi qancha bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmagan.
«ELXOLDING» korxonasida, shuningdek, interaktiv sensor panellar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Yiliga 5 ming dona sensor panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyiha qiymati 41,4 milliard so‘mni tashkil etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa