1 oktyabrdan alkogol mahsulotlari narxi oshadi
- 30.09.2020 10:17
- 405
- O‘zbekiston
“Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3188-1, 29.09.2020 yil).
Hujjatga muvofiq, quyidagi narxlar belgilandi:
➖ vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 9 400 so‘m (ilgari 8 600 so‘m);
• eng kam chakana narx – 11 200 so‘m (ilgari 10 200 so‘m).
➖ konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 33 000 so‘m (ilgari 31 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 39 000 so‘m (ilgari 36 600 so‘m).
➖ aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
• ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 24 000 so‘m (ilgari 22 000 so‘m);
• eng kam chakana narx – 28 500 so‘m (ilgari 26 000 so‘m).
Mazkur qaror 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa