Past Darg‘omda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotilayotgani fosh etildi

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tuman bo‘limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Berilgan xabarga ko‘ra, tumandagi “S.B.” va “I.J.” MChJga qarashli savdo shoxobchalarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 182 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.