12,4 ming fuqaroning ko‘chmas mulki davlat ro‘yxatiga olindi
- 07.05.2021 17:12
- 43
- Iqtisodiyot
2021 yil 1 may holatiga Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining tuman (shahar) filiallari tomonidan davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali kadastr xizmati bilan bog‘liq 29 431 ta xizmat ko‘rsatilgan.
Jumladan:
- fuqaroning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha 2 887 ta;
- bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 49 ta;
- ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 12 482 ta;
- turarjoyning maydoni bo‘yicha ma’lumot berish bo‘yicha 15 ta;
- kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 13 998 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 47 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!