Ko‘chmas mulk auksionda sotilib, kredit qarzi qoplandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2022 yil 9 mart kungi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Ravanda” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Milliybank” ATB viloyat mintaqaviy filiali foydasiga kredit va uning foizlari uchun 1 milliard 591 million 449 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi, deya Zarnews.uz ga xabar bermoqda MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Xurshid Yusupov.

Tegishli tartibda ijro harakatlariga kirishilib, qarzni to‘lash uchun qarzdorga ixtiyoriy muddat berildi. Ammo ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari olib borildi. Kredit garov mulki sifatida belgilangan, umumiy maydoni va qurilish osti maydoni 472,89 kv/m., foydali maydoni 796,56 kv/m., bo‘lgan savdo do‘koni va yordamchi binolari xatlandi hamda “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarildi.

Auksionda bino 1 milliard 752 million so‘mga sotilib, “Milliybank” ATB viloyat mintaqaviy filiali foydasiga 1 milliard 591 million 449 ming so‘m kredit qarzi o‘tkazib berildi.