8 oyda samarqandlik asalchilar 2 tonna mahsulotni xorijga sotdi
O‘zbekiston 2020 yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,3 tonna asal eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga ko‘pdir.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston asal eksport qilgan davlatlar - AQSh (11,2 tonna), Janubiy Koreya (10 tonna), Birlashgan arab amirliklari (3,1 tonna) va Quvayt (2 tonna).
2020 yilning 8 oyida samarqandlik asalchilar chet davlatlarga 2 tonna asal eksport qildi. Shuningdek, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan asalchilar xorijga 21,2 tonna, jizzaxliklar 3,1 tonna, Namangan viloyati asalchilari esa 0,1 tonna mahsulot sotdi.