"Afrosiyob" poyezdining bir necha reyslari bekor qilindi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" xabariga ko‘ra, "Alatun-Neguz" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi ko‘prikda modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan bir necha yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilindi va poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Xususan, 2022 yilning 21 va 25 noyabr kunlari ikki reysga 760-sonli "Toshkent — Qarshi" "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida va 2022 yilning 21 va 25 noyabr kunlari ikki reysga 759-sonli "Qarshi — Toshkent" "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi. (Qarshi vokzaligacha harakatlanmaydi).
2022 yilning 25 noyabr kuni 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi bir reysga qatnovi to‘xtatiladi.
2022 yilning 25 noyabr kuni 4-sonli “Toshkent — Qarshi” poyezdi Toshkent bekatidan bir reysga, 2022 yilning 26 noyabr kuni 3-sonli “Qarshi — Toshkent” poyezdi Qarshi bekatidan bir reysga qatnovi to‘xtatiladi.
2022 yilning 24-25 noyabr kuni 80-sonli “Toshkent — Termiz” poyezdi Toshkent bekatidan ikki reysga, 2022 yilning 25-26 noyabr kuni 79-sonli “Termiz — Toshkent” poyezdi Termiz bekatidan ikki reysga qatnovi to‘xtatiladi.