Ramazon hayiti kunlari "Toshkent-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
- 05.04.2024 12:09
- 477
- O‘zbekiston

Ushbu qatnov Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Ya’ni, shu yilning 10, 11, 12, 13 aprel kunlari 775/776-sonli «Samarqand — Toshkent — Samarqand» yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 775-sonli «Samarqand — Toshkent» yo‘nalishi
Samarqand. Soat 11:11 — Toshkent. Soat 13:26;
- 776-sonli «Toshkent — Samarqand» yo‘nalishi
Toshkent. Soat 13:51 — Samarqand. Soat 16:05.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Teglar:
"Afrosiyob" poyezdi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
1 iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
- 19 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Dunyodagi g‘alati to‘y an’analari
- Kecha, 20:28
- O'qing, qiziq!
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- 28/06, 15:35
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- 28/06, 15:29
- Jamiyat