Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnaydi
- 06.12.2024 14:03
- 165
- Samarqand
"Temiryo‘lekspress" AJ axborot xizmati xabar berishicha, "Samarqand—Toshkent—Samarqand" yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishdagi qo‘shimcha poyezd yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15-31 dekabr kunlari hamda 2025 yilning 3-12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Poyezd jadvali quyidagicha:
775-sonli "Samarqand—Toshkent" yo‘nalishi: Samarqanddan jo‘nash soat 10:55 da — Toshkentga yetib borish soat 13:15 da.
776-sonli "Toshkent—Samarqand" yo‘nalishi: Toshkentdan jo‘nash soat 13:56 da — Samarqandga yetib borish soat 16:14 da.
Teglar:
"Afrosiyob" poyezdi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim jarayoni raqamlashmoqda, ta’lim sifati-chi?
- 2 soat avval
- Ta’lim
Bugun Xalqaro televideniye kuni
- Bugun, 16:37
- Dolzarb