Ayollar va bolalar xavfsizligi: yangi farmon nimani o‘zgartiradi?

Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmon imzolandi. Hujjat mazmunan qattiqqo‘l jazochoralari bilan birga profilaktika, ta’lim vaijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni uyg‘unlashtirganibilan ahamiyatlidir.

Bu farmon nima uchun muhim? U jamiyathayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Erta nikoh — ijtimoiy muammodanhuquqiy nazoratga

So‘nggi yillarda erta nikoh holatlari keskinkamaygani aytilsa-da, ayrim hududlarda muammosaqlanib qolmoqda. Yangi farmon bu masalagatizimli yondashuvni joriy etadi.

Endi erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo‘lganhomiladorlik holatlari haqida xabar berishmajburiy tartibga aylanadi. Mahalla, FHDYo, ta’lim va tibbiyot muassasalari, hatto, diniyidora vakillari ham bu borada mas’ulhisoblanadi. Xabar bermaslik — javobgarlikkasabab bo‘ladi.

Bu yondashuv ikki muhim natijaga olib kelishimumkin:

- yashirin holatlar (latentlik) kamayadi;

- jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, 2027 yildan boshlab 21 yoshdan keyin nikoh tuzgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi davlat faqat cheklash emas, balki ongli nikohni rag‘batlantirish yo‘lini tanlaganini ko‘rsatadi.

“Ikkinchi imkoniyat” — yosh onalar uchun muhimqadam

Farmonning ijtimoiy ahamiyatlijihatlaridan biri — homilador talaba-qizlar vayosh onalar uchun ta’limni davom ettirishimkoniyatlarining kengaytirilishidir.

Endi:

- kursdan qolgan talabalarga o‘qishni tiklashimkoni beriladi;

- masofaviy ta’lim shakli kengaytiriladi;

- akademik ta’til davrida ham o‘qishni onlayn davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Bu qaror ayolning taqdiri faqat erta turmushbilan cheklanib qolmasligi, uning ta’lim olish vakasb egallash huquqi ustuvor ekanini anglatadi.

Zo‘ravonlikka qarshi yangi bosqich

Farmon zo‘ravonlikka qarshi kurashishni hamyangi bosqichga olib chiqadi.

E’tiborli jihatlar:

- himoya orderi berilgan ayollar uchun “SOS” mobil xizmati joriy etiladi;

- jinsiy jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastalabki tergov vakolati faqat prokuraturaga o‘tadi;

- voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatlar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtiriladi, bunday ishlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchi va sudyalar tomonidan ko‘riladi.

Bu – zo‘ravonlikni “oilaviy masala” emas, balki jamiyat xavfsizligiga tahdid sifatida baholash siyosati mustahkamlanayotganini anglatadi.

Yangi tahdidlar: kiberzo‘ravonlik va stalking

Hujjatda femitsid, stalking, kiberzo‘ravonlik va onlayn-gruming kabizamonaviy xavf-xatarlar uchun javobgarlikbelgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishinazarda tutilgan.

Bu esa huquqiy tizim raqamli makondagitahdidlarga ham javob qaytara boshlaganiniko‘rsatadi.

Profilaktika — asosiy ustuvorlik

Farmonda “maishiy zo‘ravonliksiz baxtlioilaviy hayotga tayyorlash” kurslarini 2030 yilgacha 100 foiz qamrovga yetkazish vazifasiqo‘yilgan.

Bu nimani anglatadi?

Davlat muammoning oqibati bilan emas, sababibilan kurashmoqda. Ya’ni, huquqiy madaniyatnioshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash,jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasizmunosabatni shakllantirish bo‘yicha ish olib boriladi.

Jazo va himoya o‘rtasidagi muvozanat

Yangi farmon faqat jazo choralarinikuchaytirish bilan cheklanmaydi. Unda rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, raqamli nazorat va profilaktika choralariuyg‘unlashgan.

Eng muhimi, ayollar va bolalar xavfsizligidavlat siyosatining markaziga chiqarilmoqda.

Agar belgilangan chora-tadbirlar amalda to‘liqva samarali ijro etilsa, bu hujjat nafaqathuquqiy islohot, balki jamiyat tafakkurinio‘zgartirishga qaratilgan strategik qadam sifatidatarixda qolishi mumkin.

Otabek TOShNIYoZOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili