Ta’limga oid farmon imzolandi

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, ta’lim oid ko‘plab yangiliklar belgilangan, jumladan:

👉 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi;

👉 2021/2022 o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi;

👉 2022/2023 o‘quv yiligacha barcha umumta’lim muassasalarida «Elektron kundalik» dasturi joriy qilinadi;

👉 2021 yil 1 sentyabrgacha har bir hududda nodavlat, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim tashkiloti tashkil etiladi;

👉 milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinadi;

👉 milliy reytingida birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan OTMga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berildi.