Butunjahon turizm tashkilotining yubiley sessiyasi Samarqandda o‘tkaziladi
- 30.05.2023 17:46
- 195
- Sayohat
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning Madrid shahridagi qarorgohida 16-20 oktyabr kunlari tashkilot Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati va tashkilot o‘rtasida bitim imzolandi.
Uchrashuvda UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov hamda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov Samarqand shahrida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish yuzasidan memorandum imzoladi.
Aslida bu tashabbus xususida O‘zbekiston rahbari va tashkilot Bosh kotibi o‘rtasida kechgan uchrashuvda ilgari surilgan va Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!