Buxoroda tabiiy ofat oqibatida 5 mingdan ortiq ob’yektga zarar yetdi

Buxoro viloti tezkor shtabi tomonidan taqdim qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami 5 ming 293 ta ob’yektning 378 ming 238 kvadrat metr tom qismida shifer qoplamalari, 1 ming 630 kvadrat metr bino va devorlari, 15 ming 415 dona eshik va derazalariga shikast yetdi. Jumladan, 12 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlarida 7 ming 260 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari, 320 kvadrat metr bino va devorlari, 190 dona eshik va derazalariga;

52 ta umumta’lim maktablarining 10 ming 400 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamasi, 92 dona eshik va romlari;

43 ta maktabgacha ta’lim ob’yektlarining 2 ming 647 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari, 38 dona eshik va deraza romlari;

63 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 18 ming 378 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari, 15 dona eshik va deraza romlari;

4800 ta yakka tartibdagi aholi uy-joylarining 336 ming kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari, 14 ming 400 dona eshik va deraza romlari;

220 ta noturar ob’yektlar (savdo do‘konlari, ma’muriy binolar va hokazo)ning 15 ming 400 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari va 660 dona eshik va deraza romlari;

3 ta madaniy meros ob’yektlarining 420 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari, 1 ming 200 kvadrat metr bino va devorlari, 20 dona eshik va deraza romlariga;

11 ta sport ob’yektlarining 2 ming 419 kvadrat metr tom qismining shifer qoplamalari 291 ta eshik va derazalarga talafotlar yetganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 82 holatda tabiiy gaz ta’minotida, 120 holatda elektr energiyasi ta’minotida uzilish va avariya holatlari qayd qilindi. Shuningdek, 450 dona elektr temir beton tayanchlari yiqilgan bo‘lsa, uzilib yerga tushgan simlarning uzunligi 51 kilometrni, ishdan chiqqan transformatorlar soni 25 tani tashkil etadi.

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida viloyat bo‘yicha 42 ming 400 dona yirik daraxtlarning sinishi va qulashi qayd qilindi. Binolar ostida va daraxtlar ostida qo‘yilgan yuridik va jismoniy shaxslarning 415 ta avtotransportlariga jiddiy ziyon yetdi.

Amaliy tadbirlarga FVBlaridan jami 635 nafar shaxsiy tarkib, 114 ta avtotransport vositasi, shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi IIB, SSB, kommunal va boshqa tegishli xizmatlardan mas’ul xodimlarni jalb etgan holda talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.