Chernogoriyada o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, muxolifat g‘alaba qozondi
Chernogoriyada Sotsial demokratik partiyasi (SDP), prezident Milo Jukanovich hukmronligi tugadi. Bu haqda RIA Novosti nashriga yirik muxolifat koalitsiyasi yetakchilaridan biri Milan Knejevich xabar berdi.
“SDP o‘zining doimiy koalitsion sheriklari bilan parlamentda ko‘pchilikni tashkil etmasligi aniq bo‘ldi. Ayni vaqtgacha saylov uchastkalaridan kelgan ma’lumotga ko‘ra, demokratik front o‘zining qolgan muxolifat partiya sheriklari bilan parlamentda ko‘pchilikni tashkil etayotganini ta’kidlash mumkin”, deya ta’kidladi siyosatchi.
U yakuniy saylov natijalarini kutishga chaqirdi va sodir bo‘lishi kutilayotgan hukumat almashuvini chernogoriyaliklarning asosiy g‘alabasi ekanligini ta’kidladi.
“Chernogoriya kelajagi uchun” muxolifat koalitsiyasi yetakchisi Zdravko Krivokapich SDP “rejimi qulaganini”, koalitsiya shtabida alohida ta’kidlab o‘tdi.